Rossiyada 28 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
3-sahifa
−
25 Oktabr 2023
15594Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi xonadonlarning biridan ikki hafta davomida krovat ostida yotgan 28 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 28 yoshli ayol va 23 yoshli yigit (u ham o‘zbekistonlik) Sankt-Peterburgda ro‘yxatdan o‘tmasdan birga yashagan. Ular Kosmonavtlar shoh ko‘chasida bir xonali kvartirani ijaraga olgan va 10 oktyabr kuni kvartiraga ko‘chib o‘tgan.
Oradan ikki hafta o‘tgach, juftlik ijara haqini to‘lamagani uchun uy egasi kvartiraga kelgan. O‘sha vaqti uydan juda badbo‘y hid kelayotgani bois, uy egalari xonalarni ko‘zdan kechirgan va krovat ostidan ayolning jasadini topgan.
“O‘lim sababini aniqlash uchun jasad tibbiy ekspertizaga yuborildi”, deyiladi bu haqdagi xabarda.
Aniqlanishicha, marhumaning yigiti 12 oktyabr kuni Istanbulga uchib ketgan. Ayni paytda u qotillikda gumonlanib, xalqaro qidiruvga berilgan.
LiveBarchasi