Rossiyada 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz hamyurti tomonidan zo‘rlandi

3-sahifa

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Krasnoselskiy tumanida 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz 23 yoshli vatandoshi tomonidan zo‘rlandi. Bu haqda “Fontanka” nashri xabar berdi. 

Gap shundaki, 2023 yilning iyul oyida shaharning Janubiy Primorskiy bog‘i yaqinida 13 yoshli qizga tanish yigit uni zo‘rlagan. Dastlab qiz bo‘lgan voqea haqida hech kimga aytmagan. 

Ammo keyinchalik qizning 3 oylik homilador ekani oshkor bo‘lgach, ota-onasi uni shifokor ko‘rigiga olib borgan. U yerda qiz o‘ziga tanish yigit uning nomusini toptagani haqida aytib bergan. Unga ko‘ra, mazkur voqea qizning oilasi yashaydigan Marshal Zaxarov ko‘chasidagi uy yaqinida sodir bo‘lgani aniqlangan.

Qizning otasi holat bo‘yicha politsiyaga xabar berganidan so‘ng, gumonlanuvchi yigit Moskvaning Pskovskaya ko‘chasida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made