Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik erkak bir ayolni deb mushtlashdi

3-sahifa

image

Sankt-Peterburg markazida o‘zbekistonlik fuqarolar bir ayol sababli mushtlashdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 17 oktyabrga o‘tar kechasi Dostoyevskiy ko‘chasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan. “Kattaqo‘rg‘on” kafesi yaqinida mojaro bo‘lgani haqidagi xabar kelib tushganidan so‘ng, u yerga politsiya yetib borgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ichki ishlar bo‘limiga 23 yoshdan 42 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan, sartarosh bo‘lib ishlayotgan 34 yoshli ayol olib borilgan. Ma’lum bo‘lishicha, aynan u tufayli ko‘chada o‘zaro to‘qnashuv yuz bergan. Oqibatda ikki kishi yopiq bosh jarohati, miya chayqalishi va ko‘plab ko‘karishlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hibsga olinganlarga nisbatan immigratsiya qonunchiligini buzganlik uchun oltita, mayda bezorilik uchun sakkizta bayonnoma tuzilgan. Bundan tashqari, tekshiruv natijalariga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mojaroning to‘rt qo‘zg‘atuvchisi bezorilikda gumon qilinmoqda.

“Fontanka.ru” portaliga ko‘ra, mahalliy aholi tungi voqea sodir bo‘lgan o‘zbek oshxonasidagi bezoriliklardan anchadan beri shikoyat qilib keladi. Yil boshidan beri besh qavatli uy aholisi kafening birinchi qavatni egallab turganidan deyarli 20 marta shikoyat qilgan. Ayni paytda politsiya uning faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvadagi (Rossiya) qurilish maydonchalaridan birida ikki nafar o‘zbekistonlik o‘lik holda topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik mushtlashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing