Rossiyada harbiy holat e’lon qilinishi kerak – Ramzan Qodirov
Olam
−
30 may 2023
11925Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bugun Moskva shahri va viloyatiga amalga oshirilgan dron hujumiga izoh berib, Rossiyada harbiy holat e’lon qilinishi zarurligini ta’kidladi. Bu haqda u o‘zining Telegram'dagi kanalida yozdi.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, dronlar hujumi hech qanday taktik, strategik yoki hatto psixologik ma’noga ega emas, chunki janglar boshqa joyda olib borilyapti.
"Ammo amerikacha terrorchilik usullaridan xabardor bo‘lgan har bir kishi bu quruqlikdagi yirik mag‘lubiyatlardan so‘ng o‘zlariga e’tibor qaratish va axborot ochkolarini qo‘lga kiritishga urinish ekanligini tushunadi. Terrorchilarning eng sevimli usuli: zaif pozitsiyalarni yo‘q qilish va ochiq halol jangdan qochish, issiq joyda, shtab-kvartirada o‘tirish, harbiy infratuzilmadan uzoq bo‘lgan ob’ektlarga hujum qilish to‘g‘risida buyruq berish va ularning g‘alabali harakatlarini baland ovoz bilan e’lon qilishdan iborat. Menimcha, Rossiyada harbiy holatni e’lon qilish, "Ukraina harbiylari" usullariga murojaat qilmasdan, butun terroristik “yacheyka”ni bir vaqtning o‘zida yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan barcha jangovar resurslardan foydalanish juda zarur. Ukrainada harbiy va siyosatchilar yo‘q – faqat terrorchilar”, deb yozgan Qodirov.
Uning aytishicha, ushbu hujumga qattiq emas, shafqatsiz javob berish zarur.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 may kuni Moskvada dron hujumi sodir bo‘ldi. Shahar meri Sergey Sobyanin hujum oqibatida bir nechta binolar zarar ko‘rganini aytdi. Keyinchalik Transport texnologiyalarini rivojlantirish markazi rahbari Aleksey Rogozin Moskvaga hujum qilish uchun “o‘rdak” (“utka”) aerodinamik tizimiga ega samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanilgani haqida ma’lumot berdi. Oldinroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonot berib, mamlakat dron hujumiga nisbatan eng qattiq javobni berishini ma’lum qilgandi. Putin esa hujum ortida Ukraina turganini da’vo qilga.
LiveBarchasi