Rossiyada hafta oxirigacha koronavirusga qarshi emlash boshlanadi

Olam

image

Rossiyaning barcha hududlari koronavirusga qarshi emlashga tayyorligi ma’lum qilindi. Vaksinatsiya jarayoni hafta oxirigacha barcha mintaqalarda boshlanadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova kotibiyatining “Sog‘liqni saqlash” milliy loyihasi qo‘mitasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha axborotida aytilgan.

“Uchrashuvda barcha hududlar emlashga tayyorligini e’lon qildi. Ushbu haftaning oxiriga qadar vaksinatsiya jarayonlari Rossiyaning barcha hududlarida boshlanadi”, deyiladi xabarda.

Axborotda qayd etilishicha, Rossiya hududlarida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash yangi yil bayramlarida ham to‘xtamasligi kerak. Vaksinatsiya ishlari ikki bosqichdan iborat ekanligi sababli, hududlar emlashni rejalashtirishga alohida e’tibor qaratishlari talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini sotib olishdan voz kechishga qaror qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vaktsina

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing