Rossiya yozda Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli hujumga o‘tmoqchi – FT

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari 2024 yil yozida Ukrainaga keng ko‘lamli hujum uyushtirishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Financial Times” o‘z nomini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan Ukraina rasmiylariga tayanib, xabar berdi. 

Ularning talqinicha, Rossiya Ukrainaning 2022 yil sentyabrida anneksiya qilinishi e’lon qilingan to‘rtta viloyatining qolgan hududlarini – Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarini tortib olishga harakat qiladi.

 FT suhbatdoshlari rus qo‘shinlari Xarkovni, hatto Kiyevni ham qo‘lga kiritishga intilishini istisno qilmagan.

Nashrning Amerika razvedkasiga tayanib yozishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi yakuniy maqsadi – mamlakatni bosib olish va uning xalqini qul qilishdir. Uning bu maqsadi hozirgacha o‘zgarmagan. 

Bu haqda FT 2023 yil dekabrida o‘rgangan AQSH razvedkasining maxfiy hisobotida aytilgan. Hujjatga ko‘ra, aynan shu sababdan Rossiya Ukraina sharqida bir necha yo‘nalishda, jumladan, Avdiivka atrofida, shuningdek, Liman va Kupyansk yo‘nalishida oldinga siljishda davom etmoqda.

Nomini oshkor qilishni istamagan Ukraina muammolari bilan shug‘ullanadigan amaldor joriy yilda har ikki tomonning g‘alaba qozonish uchun potensial imkoniyatini juda past baholagan.

Eslatib o‘tamiz, CNN razvedka ma’lumotlaridan xabardor manbalarga tayanib, Amerika va G‘arb razvedka xizmatlari vakillari Ukrainadagi urush kamida yana ikki yil davom etishiga ishonmoqdaligi haqida xabar bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing