Rossiya Yaponiya Bosh vazirini “qora ro‘yxat”iga kiritdi

Olam

image

Rossiya Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida va tashqi ishlar vaziri Yoshimase Xayasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. “Qora ro‘yxat”ga shuningdek, moliya, mudofaa va adliya vazirlari ham kirgan. 

“Fumio Kishida ma’muriyati Rossiyaga qarshi misli ko‘rilmagan kampaniyani boshladi, RFga qarshi nomaqbul ritorikaga, shu jumladan tuhmat va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlarga yo‘l qo‘ydi”, deyiladi Rossiya TIV saytida e’lon qilingan xabarda.

TIV rasmiy Tokio Rossiya bilan yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga barham berishga, mamlakat iqtisodiyotiga va xalqaro obro‘siga putur yetkazishga qaratilgan qadamlar qo‘yayotganini ta’kidlagan.

“Yuqorida aytilganlarni, shuningdek, Yaponiya hukumati tomonidan Rossiya fuqarolariga, shu jumladan davlatning yuqori rahbariyatiga nisbatan qo‘llangan shaxsiy sanksiyalarni hisobga olgan holda, Yaponiyaning quyidagi fuqarolariga Rossiya Federatsiyasiga kirishni doimiy ravishda taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.

Sharhda hozirda Rossiya Federatsiyasiga kirishi taqiqlangan Yaponiya fuqarolari ro‘yxati keltirilgan. Ular orasida Bosh vazir Fumio Kisida, Tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Xayashi, Mudofaa vaziri Nobuo Kishi bor. Ro‘yxatda jami 63 kishi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing