Rossiya yangi Jahon chempionati tashkil qilmoqchi
Sport
−
21 noyabr 2025 5059 1 daqiqa
Rossiya futbol ittifoqi (RFS) 2026 yilda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati paytida unda ishtirok etmaydigan davlatlar o‘rtasida muqobil Jahon chempionatini tashkil qilmoqchi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, RFU 2026 yilning yozida AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma ololmagan milliy jamoalarni alohida turnirda ishtirok etishga jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, RFU bu qarori bilan FIFA Kongressiga bosim o‘tkazib, Rossiya terma jamoasiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishga va mamlakatning 2030 yilgi jahon chempionati saralash jarayoniga qaytishiga erishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoalarini 2022 yil fevral oyida FIFA va UEFA’ning barcha rasmiy musobaqalaridan chetlashtirilgan edi. Natijada Rossiya terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionati saralashidan hamda Euro-2024 musobaqasidan chetlatilgan va 2026 yilgi mundialda ham qatnasha olmaydi.
Live
Barchasi