Rossiya yana ikki davlat bilan aviaqatnovlarni tiklayapti

Jamiyat

image

Joriy yilning 8 fevralidan Rossiya Gretsiya va Singapur bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash tezkor shtabi ma’lum qilgan.

“Muhokama natijalariga ko‘ra va ayrim mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, shtab 2021 yil 8 fevraldan boshlab Gretsiya (Moskva – Afina, haftasiga ikki reys) va Singapur (Moskva – Singapur, haftasiga uchta reys) bilan o‘zaro xalqaro aviaqatnovlarni tiklashga qaror qilindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Finlandiya, Vetnam, Hindiston va Qatar bilan aviaaloqani tiklagandi.

Rossiyada xalqaro aviaparvozlarni tiklash o‘tgan yilning avgust oyidan boshlangandi. Hozirgacha 19 ta davlat bilan parvozlar tiklangan. Ammo ularning orasida O‘zbekiston yo‘q. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston va Qirg‘iziston Rossiya bilan aviaqatnovlarni tiklagan.


Maqola muallifi

Teglar

aviaqatnov

Baholaganlar

577

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing