Rossiya yadro raketasi bo‘linmasining jangovar tayyorgarligini sinovdan o‘tkazadi
Olam
−
18 Oktabr
5344Rossiya Moskvaning shimoli-g‘arbida joylashgan hududda Yars qit’alararo ballistik raketalari bilan jihozlangan bo‘linmaning jangovar tayyorgarligini tekshirmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sinovda Tver viloyatidagi bo‘linma Yars raketalarini 100 km masofaga yashirin holda harakatlantirish, ularni havo hujumlari va dushman sabotaj guruhlaridan himoya qilish bo‘yicha mashq qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yars raketasi siloslarda joylashtirilishi yoki mobil tashuvchilarga o‘rnatilishi mumkin. U 11 000 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir bo‘lib, ko‘p yadroli jangovar kallaklarni yetkazib berish imkoniyatiga ega.
Rossiya iyul oyida Yars raketalari bo‘linmalari bilan ikki marotaba mashqlar o‘tkazgan. Shuningdek, bu yil qisqa masofaga ega bo‘lgan va qit’alararo strategik raketalarga qaraganda past kuchlanishga ega bo‘lgan taktik yadro raketalarini uchirishga tayyorgarlikni sinash uchun uchta mashg‘ulot ham o‘tkazilgan.
Xavfsizlik bo‘yicha tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu G‘arbni Ukrainadagi urushga yanada chuqurroq aralashishdan qaytarish uchun qilingan ogohlantirish signallari.
Qayd etish joiz, so‘nggi mashg‘ulot NATO o‘zining bir yillik yadro mashqlarini o‘tkazayotgan va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “g‘alaba rejasini” e’lon qilgan haftada bo‘lib o‘tmoqda. O‘tgan oy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskvani yadro qurollarini qo‘llashga undashi mumkin bo‘lgan vaziyatlar ro‘yxatini kengaytirganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng, Ukraina Moskvani yadro shantaji qilishda ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATOning alyansga a’zo mamlakatlarni himoya qilish bo‘yicha ikki haftalik manyovrlari boshlangani va ular davomida esa yadro qurolidan foydalanish amaliyoti o‘tkazilishi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi