Rossiya vaksinasini sotib olishni rad etgan vazir ishdan bo‘shatildi 

Olam

image

Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Yan Blatnani Rossiya vaksinasini bozorga kiritishni rad etgani sababli lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Chexiya televideniyesi xabar bergan.  

"Chexiya Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimini Pragadagi Fakultet shifoxonasi direktori Petr Arenberger egallaydi", degan Bosh vazir. 

Sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri Blatnaning fikriga ko‘ra, Babishning qarori siyosiy asosga ega. 

Sobiq vazirning ta’kidlashicha, uning vijdoni toza va u o‘z vazifalarini bor bilim hamda kuchini sarflagan holda bajargan. 

Koronavirusga qarshi vaksinalarni tasdiqlash to‘g‘risida u har doim odamlarga zarar yetkazmaydigan, faqat tasdiqlangan dori vositalarini qo‘llash tarafdori ekanligini aytgan. 

Arenberger koronavirus pandemiyasi davrida to‘rtinchi Chexiya Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘ladi. 

Ma’lumot o‘rnida, 10 mart kuni Chexiya Prezidenti Milosh Zeman Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini bozorga kiritishni rad etgani sababli Sog‘liqni saqlash vaziri Yan Blatnaning iste’fosini talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya SSV

Baholaganlar

433

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing