Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi muzokarasi tugadi

Olam

image

Bugun, 29 mart kuni Istanbuldagi Dolmabaxche saroyida ochilgan Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining muzokaralari birinchi kuni yakunlandi. Uch soatdan ortiq davom etgan muzokaralar yakunlari to‘laligicha OAVga ma’lum emas. 

Muzokaralar davomida ikki davlat delegatsiyalari rahbarlarining uchrashuvi ham bo‘lib o‘tgan. 

Istanbulda Rossiya Federatsiyasi bilan muzokarada qatnashgan Ukraina delegatsiyasi a’zosi Aleksandr Chaliy, Turkiya bilan bir qatorda 8 davlat Ukraina xavfsizligi uchun kafil bo‘lishi mumkinligini aytdi. 

Qayd etilishicha, tomonlar so‘nggi bor 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan yuzma-yuz uchrashuvlardan keyin ilk bor ko‘rishgan. 

Muzokaralar avvalida Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etib, ikki tomonga ham yuzlanib, shunday dedi: 

“Delegatsiyalar a’zolari sifatida sizlarga tarixiy mas’uliyat yuklangan. Butun dunyo sizdan ijobiy va dalda beruvchi xabarlarni kutmoqda. Rahbarlaringiz boshchiligida siz dunyo uchun poydevor yaratasiz”.

Turkiya rahbari Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik kun tartibini ilgari surish uchun Turkiya qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan hissa qo‘shishga tayyorligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

768

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing