Rossiya va Ukraina jasadlar almashdi
Olam
−
21 noyabr 2873 1 daqiqa
Rossiya Ukrainaga 1000 ta harbiylar jasadini topshirdi. Bu haqda Ukraina harbiy asirlar bo‘yicha Muvofiqlashtirish shtabi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yaqin vaqt ichida Ukraina huquqni muhofaza qilish organlari tergovchilari hamda Ichki ishlar vazirligining ekspert muassasalari topshirilgan jasadlarning kimligini aniqlash ishlarini olib boradi. Bu jarayon Rossiya tomoni bergan ma’lumotlarni tasdiqlashi yoki rad etishi kerak bo‘ladi.
Ukraina Rossiyadan 1000 nafar harbiylarning jasadini qabul qilib olgan. Rossiya esa Ukraina tomonidan 30 nafar rossiyalik askarning jasadini olgan.
Halok bo‘lganlar jasadlari va harbiy asirlar bilan almashish bo‘yicha kelishuvlar joriy yil iyun oyida Istanbulda o‘tgan rossiyalik va ukrainalik delegatsiyalar muzokaralari davomida erishilgan edi. Oldingi jasadlar almashinuvi 23 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan, o‘shanda Ukraina tomoni 1000 ta jasadni olgan, Rossiya esa 31 jasadni qabul qilgan edi. 18 sentyabrda ham shunga o‘xshash almashinuv bo‘lib, Rossiya yana 1000 jasadni bergan, Ukraina esa 24 jasadni topshirgan.
Shu bilan birga, iyun oyidagi birinchi almashinuvdan so‘ng, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya topshirgan 20 jasad aslida Rossiya tomonida jang qilgan askarlarga tegishli bo‘lib chiqqanini aytgan edi. Rossiya esa bu ayblovlarni rad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha yangi rejasi tafsilotlari oshkor bo‘lgandi.