Rossiya va Ukraina yangi mahbuslar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Olam
−
11 yanvar 2023
7090Rossiya va Ukraina Ombudsmanlari 40 nafar rossiyalik va 40 nafar ukrainalikni asirlikdan qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda bugun, 11 yanvar kuni jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha komissari Tatyana Moskalkova Anqarada bo‘lib o‘tayotgan “21-asrda inson huquqlari kelajagi” xalqaro konferensiyasi doirasida ma’lum qildi.
“Avvalroq biz [Dmitriy] Lubinets (Ukraina Ombudsmani) bilan o‘zaro ozod qilish so‘ralgan mahbuslar ro‘yxatini almashgan edik. Ro‘yxatlarimiz bo‘yicha biz Rossiya tomonidan 40 dan ortiq, Ukraina tomonidan esa 40 dan ortiq odamni qaytarishga muvaffaq bo‘ldik”, deydi Moskalkova Turkiyadagi ukrainalik hamkasbi bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha.
Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan mojaro tufayli diplomatik aloqalar yo‘qligi sababli, ombudsmanlar orqali ham muzokaralar olib borilmoqda, deya tushuntirdi u.
Moskalkovaning aytishicha, Lubinets bilan uchrashuvda 10 ta masala, jumladan, odamlarga pensiya olish huquqini beruvchi hujjatlarni tiklashda o‘zaro yordam ko‘rsatish masalasi muhokama qilingan.
Rossiya Ombudsmanining so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlar sabab ish stajlari arxivlari hamma joyda saqlanib qolmagan.
“Men ushbu hujjatlarni tiklashda yordam so‘raganlarning aniq ma’lumotlarini, aniq ismlarini aytdim”, deydi Ombudsman.
Rossiya Federatsiyasidagi Inson huquqlari bo‘yicha komissari Tatyana Moskalkova ham Ukraina Ombudsmanidan Rossiyadagi qarindoshlarinikiga borishni istagan Ukraina fuqarolariga yordam berishni so‘raganini ma’lum qildi.
“Shuningdek, men Dmitriy Lubensdan Rossiyadagi qarindoshlarinikiga borishni xohlovchi Ukraina fuqarolariga yordam ko‘rsatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘radim”, deydi u.
Rossiya Ombudsmanining qayd etishicha, Anqaradagi uchrashuvda Qizil Xoch faoliyatini faollashtirish zarurligi ham muhokama qilingan.
“Biz [Lubinets] harbiy asirlarni ziyorat qilish va qarindoshlariga xatlar bilan ta’minlashda yordam bera oladigan Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ishini faollashtirish zarurligi haqida ham gaplashdik. Qizil Xoch Ombudsmanlarning iltimosiga binoan tibbiy yordam ko‘rsatishi juda muhim”, deya qo‘shimcha qildi Moskalkova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaradorlarga yordam berish, asirlarni almashish va tinch aholini qaytarish kabi mavzular muhokama qilinmoqda.
“Vaziyatga qarab gumanitar koridorlar yaratilishi mumkin. Ularni yaratish masalasi ikki davlat harbiy vazirliklarining vazifasidir. Bu yo‘laklarsiz biz o‘z vakolatlarimiz doirasida aniq shaxslarga yordam berish imkoniyatiga egamiz”, deydi Ombudsman.
“Yaradorlar va almashtirilganlar Turkiyaga kela oladimi?” degan savolga. Moskalkova, “Hozirda Turkiya bu borada eng munosib joylardan biri. Shuning uchun Turkiya orqali odamlar boshqa davlatlarga sayohat qilishlari mumkin”, deya javob qaturgan.
11-12 yanvar kunlari Turkiya poytaxtida ombudsmanlarning “21-asrda inson huquqlari kelajagi” mavzusidagi xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda, unda 41 davlat vakillari ishtirok etmoqda. Moskalkova allaqachon Lubinets va turkiyalik hamkasbi Sharif Malko‘ch ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazgan.
LiveBarchasi