Rossiya va Ukraina asirlar almashinuvi o‘tkazdi
Olam
−
09:31
1682Rossiya va Ukraina “25 ga 25” formatida asirlar almashdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etiliahicha, ozod etilgan rossiyaliklar hozirda Belarusda bo‘lib, ularga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Almashinuvda BAA vositachi sifatida ishtirok etgan. Boshqa tafsilotlai oshkor qilinmagan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham 25 ukrainalik harbiy asirlarning qaytganini ma’lum qildi.
“Bu bizning harbiylarimiz va fuqarolarimiz. Ular orasida Mariupol va Azovstalni, shuningdek, Xarkov, Donbass, Zaporoje va Xersonni himoya qilganlar bor. Yigitlarning aksariyati og‘ir jarohatlar va kasalliklarga duchor bo‘lgan”, deb yozdi Zelenskiy.
Ma’lumot uchun, oxirgi asirlar almashinuvi 30 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Rossiyaga 150 nafar asir, Ukrainaga esa 180 nafardan ortiq asir qaytarilgan edi. Ukrainaga qaytganlar orasida Azovstal, Chernobil AES va Zmeiniy orolini himoya qilgan harbiylar, shuningdek, Mariupoldan ikki nafar fuqaro bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina askarlari janglar davom etayotgan Rossiyaning Kursk viloyatida 2 nafar Shimoliy Koreya askarini asirga olgan edi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar