Rossiya va Ukraina harbiy asirlarni almashishdi (video)

Olam

image

95 nafar rossiyalik harbiy Ukraina asirligidan Rossiyaga qaytdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, ular Ukraina Qurolli kuchlarining 95 harbiy asiri evaziga o‘tkazilgan.

“Ozod qilingan harbiy xizmatchilar Rossiya Aerokosmik kuchlarining harbiy-transport samolyotlari orqali Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun Moskvaga olib ketiladi. Ozod qilinganlarning barchasiga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Rossiyalik harbiy xizmatchilarni asirlikdan qaytarish chog‘ida Birlashgan Arab Amirliklari gumanitar vositachilik ko‘rsatgan.
Shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Ukraina Qurolli Kuchlarining 95 nafar harbiy xizmatchisi Rossiya asirligidan qaytganini ma’lum qildi. Gap Ukraina Qurolli kuchlari, Milliy gvardiya va chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari haqida ketmoqda.

“Birlashgan Arab Amirliklariga ushbu xayrli ishda vositachilik qilgani uchun minnatdormiz. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz asirlikda bo‘lishi mumkin bo‘lgan barchani qidiramiz. Biz hammani qaytarishimiz kerak”, deb yozdi Zelenskiy Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan tashkil etilgan kelishuv doirasida 180 nafar mahbusni almashishni rejalashtirgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing