Rossiya va Ukraina harbiy asirlarni almashdi. Kimdan qancha askar qaytdi?
Olam
−
07 may 2023
13631Rossiya va Ukraina o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi, unda 45 kishi Ukrainaga qaytdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.
“Bular 42 himoyachi va “Azovstal”ning uchta himoyachisi. Ularning barchasi to‘qqiz yil avval Azov qirg‘og‘ida yaratilgan bo‘linmaning Milliy gvardiyachilaridir. 35 nafar oddiy askar va serjant, 10 nafar ofitser”, deb yozgan Yermak.
Uning qayd etishicha, askarlar orasida Azovstalda Mariupol mudofaasi paytida oila qurganlari ham bor.
O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi uch nafar harbiy uchuvchining qaytib kelgani haqida xabar berdi.
“Ozod qilingan harbiy xizmatchilar Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalariga davolanish va reabilitatsiya qilish uchun harbiy transport samolyotlarida yetkaziladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi