Rossiya va Turkiyadan keltirilgan qalbaki pullarni sotayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
23 dekabr 2023
5038Rossiya va Turkiyadan keltirilgan qalbaki AQSH dollarlarini sotayotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatida yashovchi shaxs 50 AQSH dollari kupyuralaridan iborat bo‘lgan qalbaki 19 250 AQSH dollarini haqiqiy 10 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida u Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan ushbu qalbaki kupyuralarni Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqarodan kelgusida o‘tkazish maqsadida sotib olgani aniqlanib, u ham qo‘lga olingan.
Shuningdek, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 2 nafar shaxs qalbaki 500 ming AQSH dollarini xaridor bilan haqiqiy 325 ming AQSH dollariga ayirboshlashga kelishib olgani aniqlangan. U dastlab unga namuna sifatida Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan 100 AQSH dollari kupyuralaridan iborat qalbaki 7600 AQSH dollarini haqiqiy 5 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.
Toshkent shahrida esa “Erkin” YPX maskanida Lacetti avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Buxoro shahrida yashovchi shaxsning yonida 100 AQSH dollari kupyuralaridan iborat qalbaki 8900 AQSH dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Ma’lum bo‘lishicha, u shaxs muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan.
Mazkur fuqaro Turkiyada tayyorlanib, Qirg‘iz Respublikasi orqali O‘zbekistonga olib kelingan ushbu qalbaki xorijiy valyutalarni kelgusida sotib, daromad topish maqsadida Toshkent shahriga kelayotgan bo‘lgan.
LiveBarchasi