Rossiya va Tojikiston Afg‘oniston chegarasida harbiy mashg‘ulotlar boshladi
Olam
−
03 aprel 2023
9193Rossiya va Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan Tojikistonning Harb-Maydon poligonida qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘shma amaliy harakatlar Rossiya va Tojikistonning noqonuniy guruhlarini yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, bo‘linmalarni boshqarish kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Markaziy harbiy okrugning ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlar 7 aprelga qadar davom etadi.
Ta’kidlash joizki, mazkur harakatlar shu turdagi birinchi mashg‘ulot emas. 2022 yilda Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasida bo‘linma qo‘mondoni, polkovnik Andrey Marushkin 50 dan ortiq turli mashg‘ulotlar o‘tkazilganini ma’lum qilgan.
Rossiyaning Dushanbedagi elchisi Semyon Grigorev esa o‘tgan yilning noyabr oyida mintaqada keskinlik kuchayganligi sababli Rossiya va Tojikiston umumiy havo hujumidan mudofaa tizimini yaratayotganini aytgan.
Shohjahon Majitov
LiveBarchasi