Rossiya va Xitoy samolyotlari Janubiy Koreya havo hududiga kirdi

Olam

image

Koreya Respublikasi rasmiylari Rossiya va Xitoy harbiy samolyotlari Seulni oldindan ogohlantirmasdan uning havo mudofaasini aniqlash zonasiga kirganini ma’lum qildi. Bu haqda bugun, 6 iyun kuni Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Aytilishicha, Xitoy va Rossiyaning to‘rttadan samolyotlari mahalliy vaqt bilan 11:52 dan 13:49 gacha (Toshkent vaqti bilan 07:52-09:49) Koreya hududida bo‘lgan. Janubiy Koreya bunga javoban o‘z samolyotlarini samoga ko‘targan. 

“Qurolli kuchlarimiz Rossiya va Xitoy samolyotlarini havo hujumidan mudofaa identifikatsiya zonasiga kirishidan oldin aniqladi. Harbiy havo kuchlari qiruvchilarini joylashtirdi va kutilmagan holatlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida taktik choralar ko‘rdi”, deyiladi Janubiy Koreya bayonotida.

O‘z o‘rnida Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligi bugun, 6 iyun kuni Rossiya Aerokosmik kuchlari va Xitoy Xalq ozodlik armiyasi harbiy-havo kuchlarining samolyotlari Yaponiya va Sharqiy Xitoy dengizlari suvlarida birgalikda havo patrullarini amalga oshirganini tan olgan. 

Moskva esa havo hujumidan mudofaa identifikatsiya zonasi Seul tomonidan bir tomonlama asosda tashkil etilgani va boshqa davlatlar uchun qonuniy majburiyatlarni yaratmasligi, shuning uchun Rossiya aviatsiya parvozlari xalqaro standartlarga mos kelishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy samolyot Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing