Rossiya va Belarus o‘rtasidagi chegara ochiladi
Olam
−
04 Sentabr 2020
6447Rossiya Belarus bilan o‘rtadagi chegarani ochishga tayyorlanmoqda. Ushbu masala Prezident Aleksandr Lukashenkoning Moskvaga tashrifi davomida muhokama qilinadi. Bu haqda "Izvestiya" gazetasi xabar bermoqda.
"Ikkala mamlakat transport vazirlariga cheklovlarning bekor qilinishi pandemiyaning ikkinchi to‘lqiniga olib kelmasligi uchun barcha zarur choralarni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi", deb yozadi gazeta Davlat Dumasining MDH ishlari, vatandoshlar bilan aloqalar va Yevroosiyo integratsiyasi bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Viktor Vodolatskiyning so‘zlarini.
COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli Belarus bilan chegara 30 mart kuni to‘liq yopilgan edi.
Ma’lumot uchun, Rossiya va Belarus Prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko yaqin ikki hafta ichida Moskvada uchrashadilar. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Belarus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan keng doiradagi uchrashuvni ochish jarayonida ma’lum qilgandi.
Lavrov ta’kidlaganidek, bu uchrashuv Rossiya va Belarus o‘rtasidagi teng huquqli, o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun katta xizmat qiladi.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi