Rossiya va AQSHning to‘qnashuvini istamaymiz – Bayden
Olam
−
20 Oktabr 2023
15104Amerika Prezidenti Jo Baydenning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Ukraina bo‘yicha Rossiya bilan harbiy to‘qnashuvga intilmayapti. Shu bilan birga, Amerika rahbari Qo‘shma Shtatlar NATO bo‘yicha barcha ittifoqchilarini, shu jumladan Boltiqbo‘yi davlatlarini himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Biz [Shimoliy Atlantika] Shartnomasi talab qiladigan NATO [hududining] har bir dyuymini himoya qilamiz. Biz Amerika qo‘shinlarining Rossiyaga qarshi jang qilishiga intilmayapmiz”, dedi Jo Bayden.
U Rossiyaga qarshi turish uchun Ukrainaga AQSH qurolli kuchlarini yuborish niyati yo‘qligiga avvalroq bir necha bor ishontirganini eslatib o‘tdi.
"Boshidanoq men Amerika qo‘shinlarini Ukrainaga jangga jo‘natmasligimni aytgandim. Ukraina faqat yordam so‘rayapti: qurol-yarog‘, o‘q-dorilar... Bosqinchi rus qo‘shinlarini o‘z tuprog‘idan siqib chiqarish uchun harbiy texnikalar", deydi Prezident.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Yaqin Sharqda vaziyat yanada keskinlashadi.
Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yordam berishdan bosh tortsa, “mojaro va tartibsizliklar xavfi dunyoning boshqa qismlariga – Hind-Tinch okeani mintaqasiga tarqaladi.
"Eron Ukrainada Rossiyani, Yaqin Sharqda HAMAS va mintaqadagi boshqa terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlaydi", deb ta’kidlagan Bayden.
Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden nega Isroilni qo‘llab-quvvatlayotganini tushuntirgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr