Rossiya va AQSH NATOni sharqqa kengaytirmaslik masalasida kelisha olmadi 

Olam

image

Jenevada bo‘lib o‘tgan Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha maslahatlashuvlarda NATOni sharqqa kengaytirmaslik bo‘yicha kelishib bo‘lmadi. Bu haqda muzokaralardan so‘ng Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.  

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bu borada hech qanday muvaffaqiyatga erishilmagan. NATOni kengaytirmaslik va bu borada qonuniy kafolatlar olish mavzusi AQSHning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lgan. 

Ryabkov bu mavzuni Rossiya milliy xavfsizligi, shuningdek, NATO zarbalari kuchlarining mamlakat chegaralari yaqinida joylashtirilmasligi uchun muhim deb atagan. Diplomatga ko‘ra, bu Rossiya tomoni orqaga chekinishi mumkin bo‘lmagan talablardir. 

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rossiya muzokaralarda qattiq pozitsiyani egallaganini tan olgan. 

“Ammo Rossiya qandaydir ultimatumlar qo‘yish yo‘lidan bordi, deganlar mutlaqo adashadi”, deya qo‘shimcha qilgan u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva o‘z talablari bajarilmasa, uning oqibatlari bilan tahdid qilmaydi (vaholanki Prezident Vladimir Putin talablar rad etilgan taqdirda Rossiya tomonidan “juda boshqacha” javoblar bo‘lishi mumkinligini tan olgan). 

Ryabkov Rossiya va alyans o‘rtasida manfaatlar muvozanati topilishi mumkinligini inkor etmagan. 

NATOni sharqda kengaytirmaslik, sobiq SSSR davlatlarining ittifoqqa qo‘shilmaslik va Ukraina hududida harbiy faoliyatni taqiqlash to‘g‘risidagi bandlar Rossiya tomonidan ittifoq va ittifoqqa yuborilgan xavfsizlik kafolati to‘g‘risidagi shartnoma loyihasida keltirilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 12 yanvar kuni Rossiya NATO vakillari bilan Bryusseldagi uchrashuvda, ertasi kuni esa YeXHT yig‘ilishida bu masalani muhokama qilishni davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Rossiya

Baholaganlar

320

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing