Rossiya O‘zbekistonga yangi elchi yubordi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Oleg Malginovni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston TIV rahbari ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilganidan so‘ng, elchini O‘zbekistonda faoliyat boshlashi bilan tabriklab, unga yuksak va mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tilagan.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Xabarga ko‘ra, muzokaralarda mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Rossiyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasiga elchi Vladimir Tyurdenev rahbarlik qilgan. Tyurdenev joriy yilning mart oyida O‘zbekistondagi 11 yillik faoliyatiga yakun yasadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga Tyurdenevning qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida qayd etib, uni izzat-ikromda kuzatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing