Tyurdenevning missiyasi tugadi. Mirziyoyev uni izzat-ikromda kuzatdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenevni mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari Rossiyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasiga 11 yildan ortiq vaqt mobaynida rahbarlik qilib kelayotgan elchi Vladimir Tyurdenevning ikki tomonlama do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida qayd etgan.

Shavkat Mirziyoyev elchi Vladimir Tyurdenevning O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Uchrashuvda elchining faol ishtiroki va ko‘magida turli darajalarda tizimli muloqot va samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlangan. Savdo-iqtisodiy sohada sezilarli yutuqlarga erishilgan. Xususan, keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi oshgan, yirik investitsiya loyihalari ilgari surildi va amalga oshirilmoqda, O‘zbekiston va Rossiya hududlari va ishbilarmon doiralarining iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi kooperatsiyasi kuchaygan.

Prezident Matbuot xizmatiga ko‘ra, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniy-gumanitar almashinuv borasida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya yetakchi oliy ta’lim muassasalarining 12 ta filiali faoliyat yuritmoqda.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti Rossiya elchisini davlatlararo munosabatlarni chuqurlashtirish va har tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirladi.

Vladimir Tyurdenev uning diplomatik faoliyatiga berilgan yuksak baho, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor uchun Prezidentga chuqur minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing