Rossiya O‘zbekistonda korxona ochish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
Jamiyat
−
13 iyul 2023
5492Rossiyalik tadbirkorlar 2023 yilda O‘zbekistonda 393 ta korxona ochilishida ishtirok etdi, bu xorijiy investorlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda Prezident huzuridagi Statistika agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik tadbirkorlardan keyin xitoylik va turkiyalik ishbilarmonlar bormoqda, ular mos ravishda 296 va 130 ta korxona tashkil etgan.
Respublikada jami 12 ming 742 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritadi. Ulardan 2869 tasi yoki 22,5 foizi Rossiya kapitali, 1869 tasi yoki 14,6 foizi Xitoy kapitali, 1741 tasi yoki 13,7 foizi esa Turkiya kapitaliga ega.
Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistondagi eng yirik investor bo‘lib, uning respublika iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 10 milliard dollardan oshadi.
LiveBarchasi