Rossiya o‘tgan oyda qancha raketa va dronni urib tushirgani aytildi

Olam

image

So‘nggi bir oy ichida Rossiya Qurolli Kuchlari 159 ta HIMARS raketasi, mingdan ortiq uchuvchisiz samolyot va 13 ta qanotli raketani urib tushirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Qurolli kuchlari rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan konferensiyada ma’lum qildi.  

Sergey Shoyguning aytishicha, Ukraina rahbariyati yanada ko‘proq harbiy va iqtisodiy yordam olish uchun G‘arbga o‘zining hujum harakatlarini muvaffaqiyatli ko‘rsatishga astoydil harakat qilmoqda. Bu esa mojaroning cho‘zilishiga olib keladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eng keskin vaziyat Zaporoje yo‘nalishida rivojlangan.

 “Dushman strategik zaxiradan jangovar brigadalarni olib keldi, ularning shaxsiy tarkibiga G‘arb instruktorlari rahbarligida jangovar yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berildi”, degan Shoygu.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev yil boshidan beri Rossiya Qurolli Kuchlariga 280 mingga yaqin kishi shartnoma asosida harbiy xizmatga yollanganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya raketa va dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing