Rossiya “o‘ta yuqori darajadagi hujum”ga tayyorlanmoqda – Ukraina
Olam
−
01 fevral 2023
31761Rossiya yaqin bir necha hafta ichida Ukrainadagi urushni “maksimal darajada kuchaytirish”ga tayyorlanmoqda. Bu haqda bugun, 1 fevral kuni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov “Sky News” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ukraina rasmiysining ma’lum qilishicha, keyingi ikki-uch oy urushda hal qiluvchi oylar bo‘ladi. Shuningdek, Danilev fikricha, Rossiyaning kutilayotgan hujumi keng miqyosli va turli yo‘nalishlarda bo‘ladi.
“Men asosiy janglar hali oldinda ekanligini va ular yaqin ikki-uch oy ichida sodir bo‘lishini bilaman. Rossiya maksimal eskalatsiyaga tayyorlanmoqda. U mumkin bo‘lgan hamma vositalarini to‘playdi, tayyorgarlik va mashqlar o‘tkazadi. Bizda turli yo‘nalishlardan hujumga uchrash ehtimoli bor. Biz bu hujum aynan qaysi yo‘nalishda bo‘lishini bilmaymiz va taxmin qilinadigan hech bir hujum ssenariysini istisno etmaymiz”, deydi Danilev.
Ukraina rasmiylari bir muncha vaqtdan beri Rossiyaning yangi hujumi haqida ogohlantirib, tahdidga qarshi turish uchun G‘arbdagi ittifoqchilaridan imkon qadar kuchliroq va samaraliroq qurol-aslaha so‘rab keladi. Mamlakat Rossiyaning Ukraina janubida yangi hujumga tayyorlanayotgani alomatlari borligi haqida bir necha bor g‘arbga dalillar uzatdi. Ammo harbiy ta’minot oqimi ko‘payish o‘rniga kamayib bormoqda.
Ukraina janub xavfsizlik va mudofaa kuchlarining Birlashgan muvofiqlashtiruv matbuot markazi rahbari Natalya Xumenyuk ma’lumot berishicha, yangi hujum nafaqat quruqlikdan, balki dengiz va havodan ham tashkil etiladi. Shuningdek, Ukraina razvedkasi Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining Qora dengizdagi faoliyati va harbiy kemalar ko‘lami va joylashuvida yirik o‘zgarishlarni qayd etgan.
Muammo keskinlashgan bir paytda 1 fevral kuni Belarus Mudofaa vazirligi Rossiya bilan bir haftalik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishini ma’lum qildi. Ushbu voqea G‘arb ommaviy axborot vositalarida aks sado berib, Ukraina atrofidagi xavf-xatar kuchayayotganligi borasidagi fikrlarni ilgari surmoqda.
LiveBarchasi