Rossiya urushga 400 ming pullik askarni yollamoqchi – “Bloomberg”
Olam
−
25 mart 2023 14481 1 daqiqa
Kreml safarbarlikning ikkinchi to‘lqinini o‘tkazmaslikka, balki urushda qatnashish uchun yuz minglab shartnoma asosidagi askarlarni yollashga qaror qilgan. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
“Rossiya 2023 yil davomida Ukrainadagi urushda qatnashish uchun 400 minggacha shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarni yollash niyatida”, deb yozgan manba.
Qayd etilishicha, 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rilayotgan bir sharoitda prezident ma’muriyati safarbarlikni qayta boshlashni istamayapti, chunki bu aholi ishonchini pasaytirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Urushni o‘rganish instituti (ISW) Rossiya Prezidenti Vladimir Putin safarbarlikning ikkinchi to‘lqinini e’lon qilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr