Rossiya urush davomida Isroilga razvedka ma’lumotlarini berdi – Eron
Olam
−
26 avgust 2025 10858 2 daqiqa
Rossiya Eron bilan 12 kunlik urush paytida Isroilga razvedka ma’lumotlarini taqdim etdi. Bu haqda Eronning Maqsadlilikni aniqlash kengashi a’zosi Sayid Muhammad Sadr “Seenergyir” kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iyun oyidagi Eron-Isroil qurolli to‘qnashuvi “Moskva bilan strategik ittifoq foydasiz ekanini ko‘rsatgan”.
“Rossiya Isroilga havo hujumidan mudofaa tizimlarining Erondagi joylashuvi haqida ma’lumot berdi.
Masalan, ular (Rossiya) shunchaki: “Isroilning Eronga hujum qilganidan xursand emasmiz”, dedi.
Turkiya NATO a’zosi. NATO nima? Bu Rossiyaga qarshi. Rossiya Turkiyaga S-400 sotishga rozi bo‘ldi. Bu biz uzoq vaqtdan beri gapirib kelayotgan strategik sheriklik haqida emas”, dedi Sayid Muhammad Sadr.
Rasmiyga ko‘ra, bu Moskva va Tehron o‘rtasida munosabatlar bo‘lmasligi kerak degani emas.
“Biz juda jiddiy munosabatlarga ega bo‘lishimiz kerak. Biz qo‘shnimiz. Ammo biz ishona olmaymiz”, dedi u.
Iyun oyida Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Eron-Isroil mojarosida Eronga harbiy va boshqa yordam ko‘rsatishga tayyorligi Eron tomoni Moskvadan qanday iltimos bilan chiqishiga bog‘liqligini aytgan edi. Bu haqda Kreml vakili Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Moskvadagi uchrashuvi arafasida aytdi. Kreml vakili Rossiya Eronga havo mudofaa tizimlari, masalan, S-300 yoki S-400 tizimlarini yetkazib berishga tayyormi, degan savolga javob bermadi.
Live
Barchasi