Rossiya Ukrainaning yadroviy qurol yaratishiga yo‘l qo‘ymaydi – Putin

Olam

image

Rossiya Ukrainaning yadroviy qurol yaratishiga hech qanday sharoitda yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 18 oktyabr kuni BRICS davlatlari yetakchi OAV rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Bunday tahdid Rossiya tomonidan tegishli reaksiyaga olib keladi. Darhol aytishim mumkin: Rossiya bunga hech qanday sharoitda yo‘l qo‘ymaydi. Bugungi Ukrainaning siyosiy rahbariyati inqiroz qizg‘in bosqichga o‘tishidan oldin ham bu haqda bir necha bor gapirgan. Ular o‘shanda ham Ukraina allaqachon yadroviy qurolga ega bo‘lishi kerakligi haqida aytgan edi”, deydi Putin.

U, shuningdek, yadroviy qurol yaratish imkoniyati haqidagi bayonotlarni “xavfli provokatsiya” deb atadi va Kiyev tomonidan har qanday shu kabi qadam tegishli munosabtga duch kelishi haqida ogohlantirdi.

Putin zamonaviy dunyoda yadroviy qurol yaratish qiyin emasligini, biroq Ukraina uchun bu qiyin ish ekanini ta’kiladi. 

“Ba’zida muammolarni o‘zimiz yaratib olamiz va hozir siz aynan shu ishni boshlayapsiz. Biz hech qachon yadroviy qurol yaratish yoki shu kabi narsalarga tayyorgarlik ko‘rayotganimizni aytmaganmiz”, deydi Rossiya yetakchisi Ukrainaga shama qilib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa kengashining Bryusseldagi yig‘ilishidan keyingi yakuniy matbuot anjumanida Tramp bilan sentyabrdagi suhbati tafsilotlarini ma’lum qilib, yo Ukraina NATOga qo‘shiladi, yoki yadroviy qurolga ega bo‘ladi degan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina yadroviy qurol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made