Rossiya Ukrainaning 50 generalini yo‘q qildi
Olam
−
19 iyun 2022
35096Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Dnepropetrovsk viloyatidagi Ukraina Qurolli kuchlarining qo‘mondonlik punktiga “Kalibr” raketalari bilan zarba berdi. Oqibatda Ukraina Qurolli Kuchlarining 50 dan ortiq general va zobiti halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 19 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi.
“So‘nggi 24 soat ichida, soat 12:30 da, “Iskandariya” kuchlarining operativ-strategik guruhi xodimlari qo‘mondonlik shtabining ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan vaqtda Dnepropetrovsk viloyati, Shirokaya dacha qishlog‘i yaqinidagi Ukraina qo‘shinlarining qo‘mondonlik punktiga “Kalibr” yuqori aniqlikdagi uzoq masofali dengiz raketalari hujum qildi”, deydi u.
Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar natijasida Ukraina Qurolli kuchlarining 50 dan ortiq general va zobitlari halok bo‘lgan. Shu jumladan Bosh shtab, Zaporoje va Nikolayev yo‘nalishlarida harakat qilayotgan Kaxovka qo‘shinlari guruhi, havo hujumi qo‘shinlari va tuzilmalari qo‘mondonligi vakillari yo‘q qilingan.
Qolaversa, Rossiya qurolli kuchlari Donetskdagi 56-motooda piyoda brigadasining 200 nafargacha jangarisini va ikkita “Grad” raketa tizimini havodan uchiriladigan raketalar bilan yo‘q qilgan.
Mudofaa vazirligining qayd etishicha, yo‘q qilingan 200 nafar harbiylar xorijlik yollanma askarlar bo‘lgan.
Konashenkovga ko‘ra, Ukrainadagi harbiy harakatlar boshlangan 24 fevraldan buyon 207 ta samolyot, 132 ta vertolyot, 1 249 ta uchuvchisiz uchish apparati, 344 ta zenit-raketa majmuasi, 3 683 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 562 ta raketa-tashuvchi jangovar texnika, 2043 dala artilleriya va minomyotlari, shuningdek, 3715 dona maxsus harbiy texnikani yo‘q qilgan.
LiveBarchasi