Rossiya Ukrainani Zaporoje AESini portlatishga tayyorlanayotganlikda aybladi
Olam
−
05 iyul 2023
4982Rossiya Zaporoje AESi atrofidagi vaziyat keskin, deb biladi va u yerda Kiyev tomonidan qo‘poruvchilik tahdidi bo‘lishidan xavotirda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Vaziyat ancha tarang, chunki haqiqatan ham Kiyev rejimi tomonidan katta sabotaj tahdidi mavjud. Oqibatlari halokatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabotaj", degan Peskov .
Kreml matbuot kotibining qayd etishicha, Kiyev hech narsani mensimaslikka tayyorligini bir necha bor namoyish etgan.
“Yaqinda biz buni Kaxovskaya GESining portlashi paytida ham ko‘rdik, bu dahshatli oqibatlarga olib keldi, shuning uchun, albatta, bunday tahdidga qarshi kurashish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Putinning voizi.
“Rosenergoatom” konserni bosh direktori maslahatchisi Renat Karchaa ham ukrainalik harbiylar stansiyaga uzoq masofali aniqlikdagi qurollar va dronlardan foydalangan holda zarba berish niyatida ekanini da’vo qilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik harbiylar Zaporoje atom elektr stansiyasining bir nechta energobloklari tomiga “portlovchi moddalarga o‘xshash buyumlar” o‘rnatganini aytgandi. Xalqaro atom energiyasi agentligi xodimlari esa Zaporoje AESida Zelenskiyning da’volarini tasdiqlaydigan hech qanday alomatlarni aniqlay olmadi.
LiveBarchasi