Rossiya Ukrainani o‘z mustamlakasiga aylantirmoqchi – Zelenskiy

Olam

image

Rossiya Ukrainani o‘z mustamlakasiga aylantirish uchun armiya yubordi. Ilgari imperiyalar davrida bo‘lgani kabi. Ammo millionlab ukrainaliklar ozodlik va o‘z davlatini himoya qilish uchun o‘rnidan turdi va Rossiyaning o‘sha eski adolatsiz vaqtga qaytishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Limadagi Amerika Davlatlari Tashkiloti (ADT) Bosh Assambleyasi sessiyasi ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.

“Biz bu urushda g‘alaba qozonishimizga va Ukraina mustaqilligini himoya qila olishimizga shubha qilmaymiz. Ukrainadagi frontdagi kunlik g‘alabalar, ozod etilgan o‘nlab shahar va qishloqlar buni tasdiqlaydi. Hozir biz uchun savol bitta: Rossiya mag‘lubiyatni tan olishdan oldin yana qancha odamimizni o‘ldirishga ulguradi. Rossiya Ukrainadan qancha g‘alla, resurslar, sanoat korxonalarini o‘g‘irlashga ulguradi, ularni ishg‘olchilar shunchaki demontaj qilib, Rossiyaga olib ketishyapti”, deydi u.

Ukraina rahbariga ko‘ra, ruslar Ukrainada odamlarni o‘g‘irlamoqda.

“1,6 milliondan ortiq ukrainaliklar allaqachon Rossiyaga majburan deportatsiya qilingan. Ular Rossiyaning chekka hududlariga tarqatilgan ushbu davlatning butun hududiga sochib yuborilgan. Ko‘pchilikdan hujjatlari olib qo‘yildi, ko‘plari bosqinchilarning dahshatli filtrlash lagerlaridan o‘tishdi, u yerda ularni masxara qilishdi va qo‘rqitishdi. Bu – odamlar. Lekin Rossiya uchun bu ham resurs. Biz yurtimizni tezroq ozod qilish, butun xalqimizni bu bosqindan tezroq qutqarish uchun hamma narsani qilyapmiz. Biz Rossiya tuzayotgan ukrainalik qurbonlarning uzun ro‘yxatiga chek qo‘yish uchun hamma narsani qilyapmiz”, deya davom etgan Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqiga tinchlik keltirishni tezlashtirish uchun Ukrainaga yordam kerak.

“Faktlar Ukraina tomonida. Bizga tinchlik uchun va Rossiya armiyasi barcha bosib olingan Ukraina yerlarini tark etishi uchun ko‘proq narsaga muhtojmiz. O‘z kompaniyalaringiz va mamlakatlaringiz Rossiya jismoniy va yuridik shaxslari bilan bog‘lanishidan saqlaning, bu davlat shu orqali Ukrainaga qarshi terrorni amalga oshiryapti. Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlang. Rossiya bilan savdo operatsiyalaringizni cheklang. Terrorchi davlat va uning kompaniyalari bilan aloqalar orqali obro‘ingizga putur yetkazish xavfidan o‘zingizni himoya qiling. Va uning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini davom ettirish qobiliyatini cheklang”, deya qo‘shimcha qilgan Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing