Rossiya Ukrainaga kamikadze dronlari bilan hujum qildi, ularning aksariyati Kiyevga tushdi

Olam

image

Bugun tunda Rossiya harbiylari Ukrainaga 32 ta Shahed-136/131 kamikadze dronlari bilan hujum qildi, ulardan 25 tasi Ukraina havo mudofaasi tomonidan yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat Qurolli kuchlari Bosh shtabi matbuot kotibi Pavel Kovalchuk xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya zarbalarining aksariyati Kiyevga qaratilgan. Kiyev politsiya boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Kravchenko zarbalar oqibatida halok bo‘lganlar yo‘qligini bildirgan.

Oxirgi 24 soat ichida jami 30 dan ortiq harbiy to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Rossiya 2 ta raketa va 40 ta havo zarbalarini amalga oshirgan.

Shuningdek, Ukrainadagi harbiy va fuqarolik ob’ektlari pozitsiyalariga bir nechta raketa tizimlaridan 38 dan ortiq hujum uyushtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina kamikadze dronlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing