Rossiya Ukrainaga 40 ta raketa va dron bilan hujum qildi

Olam

image

Bugun, 13 yanvar kuni erta tongda Ukraina Rossiyaning yirik raketa hujumiga uchradi. Mamlakat havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari odatdagidan ancha kamroq raketa va dronlarni qaytara oldi. Bu haqda Ukraina rasmiy manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 37 ta raketa va uchta uchuvchisiz samolyotni uchirgan. Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan bayonotda shulardan bor-yo‘g‘i sakkizta raketa urib tushirilgani ma’lum qilingan.

Qayd etish joizki, Ukraina harbiy havo kuchlari matbuot kotibi shu hafta boshida mamlakat hozir havo hujumidan mudofaa raketalari taqchilligidan aziyat chekayotganini aytgan. 

Harbiy havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, bir kechada ishlatiladigan raketa turlarining aksariyati juda tez harakatlanuvchi ballistik tiplar edi. Ularni urib tushirish ancha qiyin bo‘lgan.

Zarba nishonlari haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Viloyatlarning mahalliy rasmiylariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa vositalari Ukrainaning kamida beshta hududida Rossiya raketalarini urib tushirgan.

Eslatib o‘tamiz,  8 yanvar kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga “Kinjal” raketalari bilan hujum uyushtirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina havo hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing