Rossiya Ukrainadagi urush uchun Xitoydan harbiy ko‘mak so‘radimi? Pekin tilga kirdi

Olam

image

Rossiya Ukrainadagi urush uchun Xitoydan harbiy yordam so‘ragani haqida xabar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda bugun, 14 mart kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan ma’lum qildi.

“Tegishli xabarlar dezinformatsiyadir”, degan diplomat Rossiya Xitoydan harbiy yordam so‘ragani haqidagi OAVda tarqalgan xabarlarni izohlar ekan.

Uning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Qo‘shma Shtatlar Ukraina masalasida Xitoyga qarshi faol ravishda yolg‘on ma’lumot tarqatmoqda. Chjao Litszyan Xitoy muzokaralarga ko‘maklashish va tinch yo‘l bilan yechim topishda konstruktiv rol o‘ynashini qo‘shimcha qilib, keskinlikni pasaytirish uchun barcha tomonlar o‘zini tiyishi zarurligini ta’kidlagan.

Avvalroq “Financial Times” nashri o‘z manbalariga tayanib, Rossiya go‘yoki Ukrainadagi urushda qatnashishi uchun Xitoydan harbiy yordam so‘ragani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

2140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing