Rossiya Ukrainadan o‘g‘irlangan hosilni Suriyaga jo‘natayotgani aytildi 

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari Ukrainadan o‘g‘irlangan g‘allani Rossiya hududiga, Qrimga va O‘rtayer dengizidagi quruq yuk kemalariga olib o‘tmoqda, hosillar u yerdan Suriyaga olib ketilishi mumkin. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi xabar bergan.  

“Hozirgi vaqtda Ukrainadan o‘g‘irlangan donning salmoqli qismi O‘rtayer dengizida, Rossiya bayrog‘i ostidagi quruq yuk kemalarida ekanligi ma’lum. Katta ehtimol bilan yuk yuboriladigan davlat Suriyadir. Don u yerdan Yaqin Sharqdagi boshqa mamlakatlarga kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilishi mumkin”, deyiladi razvedka hisobotida. 

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Zaporoje viloyatidan Rossiya Federatsiyasi hududiga don va kungaboqar urug‘larini tashishga ham tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ukraina harbiylariga ko‘ra, viloyatdagi omborxonalardan olingan don ortilgan rus yuk mashinalari karvoni Qrimga yo‘l olgan. 

“Rossiya chegarasi yo‘nalishida Xarkov viloyatidan ham g‘alla eksport qilinadi, Xerson viloyatidan Qrimga yana 1500 tonna g‘alla olib ketildi”, deya xabar beradi razvedka. 

Ukraina harbiylariga ko‘ra, g‘alladan tashqari, Rossiya qo‘shinlari Qrimga “Ukrainada o‘g‘irlangan katta hajmdagi sabzavotlar – lavlagi, kartoshka, karam”ni olib ketmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

404

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing