Rossiya Ukrainada o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmayapti – Qodirov

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning fikricha, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” davomida o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmayapti. 

“Agar biz hech bo‘lmaganda 20 foizga kuch bilan boshlaganimizda, mavjud shaharlar, ular joylashtirilgan barcha joylarda hech kim qolmas edi”, deydi Qodirov “Rossiya-1” telekanalidagi “60 daqiqa” ko‘rsatuviga bergan intervyusida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar vaziyat o‘zgarmasa, Rossiyaning sabri tugashi mumkin. 

“[Biz] Ukraina xalqiga o‘z xulosasini chiqarishiga imkon berishimiz kerak. Agar shunday davom etsa va ular bizning hududimizga o‘q uzsa, sabr-toqat tugaydi va [biz] tezroq tugatishimiz buyuriladi. Hozirgacha ular uchun 100% afsusdaman”, deya qo‘shimcha qildi Checheniston rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Checheniston respublikasi parlamentida Checheniston rahbariga “Mexkan da” (“Xalq otasi”) unvonini berish taklif qilingandi. 10 fevral kuni esa ushbu hujjat deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing