Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab keng ko‘lamli hujumga o‘tdi

Olam

image

Bugun, 29 dekabr kuni Rossiya Ukrainaning bir qancha shaharlariga keng miqyosda hujumni boshladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Erta tongda Kiyev, Odessa, Dnepropetrovsk, Xarkov va Lvovga uchuvchisiz samolyotlar va raketalar zarbasi berilgani sababli mamlakat bo‘ylab havo sirenalari chalindi.

“Bir necha kishi jarohatlangan va kamida bir kishi halok bo‘lgan”, deyiladi xabarlarda.

Hujumlar butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilgan.

Kiyev meri Vitaliy Klichko Telegram’da poytaxtda havo hujumidan mudofaa kuchlari zarbalarni qaytarish ustida ishlayotganini ma’lum qilgan va fuqarolarni boshpanalarda qolishga chaqirgan.

Guvohlarning aytishcha, Kiyevdagi “Artyom” harbiy zavodi hududida ham portlashlar yuz bergan.

Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, “Artyom” zavodi Kiyev metrosining Lukyanovskaya bekati yaqinida joylashgan. Shahar meri bekat binosi shikastlangani va o‘z faoliyatini to‘xtatganini, shunga qaramasdan ,u boshpana sifatida foydalanilayotganini aytgan.

Xarkov meri Igor Terexov esa shaharga berilgan qator zarbalar oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, bir necha kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan.

Janubdagi Odessada esa shahar ma’muriyati urib tushirilgan uchuvchisiz samolyot qoldiqlari ostida qolgan bino yonib ketganini bildirgan.

G‘arbiy Lvov shahri meri Andrey Sadoviyning aytishicha, shaharda kamida ikki marta portlash bo‘lgan.

Rossiya hujumi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHga oxirgi tasdiqlangan 250 million dollarlik harbiy yordam paketi, jumladan havo hujumidan mudofaa o‘q-dorilari uchun minnatdorlik bildirganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi.

"Biz havo qalqonimizni mustahkamlash uchun hamma narsani qilyapmiz. Ammo dunyo bu terrorni to‘xtatish uchun bizga ko‘proq yordam va kuch kerakligini anglashi kerak", deb yozgan Ukraina Prezidentining yordamchisi Andrey Yermak.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Odessa Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing