Rossiya Ukraina energetika ob’ektlariga zarba berdi
Olam
−
26 avgust
6989Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qildi. 26 avgust kuni ertalab butun mamlakat bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
Portlashlar Kiyev, Odessa va Nikolayev viloyatlarida, Xarkov, Dnepr, Zaporoje va mamlakatning g‘arbiy qismida sodir bo‘ldi. Ukraina Energetika vaziri German Galushchenkoning so‘zlariga ko‘ra, zarbadan nishon energetika infratuzilmasi ob’ektlari bo‘lgan.
“Vaziyat murakkab, hujumlar oqibatlariga oydinlik kiritilmoqda. Energetika xodimlari allaqachon ularni bartaraf etish ustida ishlamoqda”, deydi u.
“Ukrenergo” shirkati hujum tufayli elektr energiyasini favqulodda o‘chirishga buyruq bergan. Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Rossiyaning ommaviy hujumi oqibatida 15 ta hudud zarar ko‘rganini aytdi.
“Dushman turli xil qurollardan foydalangan: dronlar, qanotli raketalar, “Kinjal”lar. O‘lganlar va yaradorlar bor. Ularning oila va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz”, deb yozdi u Telegram-kanalida.
Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, 26 avgust kuni ertalab rus qo‘shinlari Ukraina harbiy-sanoat kompleksi faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi muhim energetika infratuzilmasi ob’ektlariga “yuqori aniqlikdagi qurollar bilan katta zarba” bergan.
"Barcha belgilangan nishonlar urildi", deyiladi vazirlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina dronlarining Saratovdagi hujumlari haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi