Rossiya Ukraina bo‘ylab yirik havo hujumi uyushtirdi
Olam
−
15 fevral
10435Rossiya Qurolli Kuchlari bugun, 15 fevral kuni Ukraina bo‘ylab uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan "guruhli zarba" berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun ertalab Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Ukraina harbiy-sanoat majmuasining samolyot dvigatellari, minomyot o‘q-dorilari, elektron jihozlari va aloqa vositalarini ishlab chiqaruvchi va ta’mirlovchi korxonalariga, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy texnikasi uchun yoqilg‘i ishlab chiqaradigan zavodlarga yuqori aniqlikdagi uzoq masofaga uchuvchi havo va dengiz qurollari bilan guruhli zarba berdi", deyiladi xabarda.
Rossiya tomoni hujum maqsadiga erishilgani, barcha ob’ektlar urilganini bildirdi.
Ukraina ommaviy axborot vositalari Rossiyaning Ukraina hududiga ertalab uyushtirgan yirik hujumi haqida xabar berdi.
“Ertalabki dushmanning ommaviy o‘qqa tutishi elektr inshootlarining ishlashiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmadi. Biroq Lvovga hujum oqibatida taqsimlash tizimi operatorining bir qancha ob’ektlari, jumladan, transformator podstansiyasi jiddiy zarar ko‘rdi”, deyiladi Ukraina Energetika vazirligi bayonotida.
Ayni vaqtda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya tomonidan otilgan 26 ta raketadan 13 tasini yo‘q qilganini ma’lum qildi.
Portlash ovozlari Ukrainaning Lvov, Ivano-Frankivsk, Kiyev va Poltava viloyatlarida eshitildi. Lvovda raketa shahar ichiga kelgani qayd etilgan, hujum oqibatida ikki kishi jarohatlangan. Zaporojeda ham qurbonlar va jabrlanganlar bo‘lgan.
Eslatibo‘tamiz, bugun, 15 fevral kuni soat 12:30 atrofida Ukraina Rossiyaning Belgorod shahriga raketa hujumi uyushtirgan, oqibatda 5 kishi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi