Rossiya Ukraina bo‘ylab dron hujumlari uyushtirdi

Olam

image

Ukrainaga qarshi urushni davom ettirayotgan Rossiya armiyasi Kiyev va bir qator boshqa hududlarga uchuvchisiz samolyotlardan zarba berdi. Bu haqda bugun, 27 noyabr kuni ukraina rasmiylari xabar berdi.

“Ukraina poytaxtida zarba Dnepr tumaniga tegdi, natijada ikki kishi jarohat oldi”, dedi Kiyev meri Vitaliy Klichko.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noturarjoy infratuzilmasi ob’ektiga shikast yetgan, bir jabrlanuvchi topilib, poytaxtdagi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Shu bilan birga, Ukraina harbiy-havo kuchlari tun bo‘yi dron hujumlari xavfi haqida, xususan, Kiyev, Poltava va Cherkas viloyatlari hamda mamlakat shimoli-sharqida ogohlantirgan.

Ayni paytda, Zaporoje viloyatining ishg‘ol hokimiyati mintaqaga elektr ta’minoti butunlay to‘xtatilganini e’lon qildi.

“Zaporoje viloyatida elektr uzatish liniyasi shikastlangan, bu esa butun mintaqada elektr ta’minotida uzilishga olib kelgan”, deb yozdi ishg‘ol ma’muriyati rahbari Yevgeniy Balitskiy.

Unga ko‘ra, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar zaxira quvvat manbalariga ulangan.

Eslatib o‘tamiz, 25 noyabr kuni Ukraina Kursk viloyatiga ATACMS raketalari bilan hujum uyushtirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Kiev dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing