Rossiya Ukraina bilan muzokaralar uchun dastlabki shartlarni qabul qilmaydi – TIV

Olam

image

Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun dastlabki shartlar, jumladan, Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish Moskva uchun qabul qilinishi mumkin emas, muloqot uchun yerdagi vaziyatni hisobga olishi kerak. Bu haqda bugun, 14 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Yo‘q, bunday shartlar, albatta, qabul qilinishi mumkin emas. Prezidentimiz muzokaralarga tayyormiz, deb bir necha bor ta’kidladi. Ammo bu muzokaralar, albatta, yerdagi vaziyatni hisobga olishi kerak”, deydi u Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavistoning Ukraina bo‘yicha har qanday tinchlik muzokaralari Rossiya hududdan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketsagina bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonotini sharhlar ekan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Finlyandiya TIV rahbarining Ukraina bo‘yicha muzokaralar Rossiya qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyingina olib borilishi mumkinligi haqidagi sharti Moskva uchun nomaqbuldir.

Grushkoning aytishicha, Fransiya va Avstriya tomonining Moskva va Kiyev o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish zarurligi haqidagi bayonotlari shunchaki ritorika, Rossiya bu yo‘nalishda ulardan diplomatik sa’y-harakatlarni ko‘rmayapti.

“Bu ritorika. Biz na Fransiyadan, na Avstriyadan hech qanday diplomatik sa’y-harakatlarni ko‘rmayapmiz”, deydi u TASS agentligining Parij va Venaning tegishli bayonotlariga izoh berish so‘roviga javoban.

Avvalroq, 14 noyabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishish uchun ko‘proq diplomatik sa’y-harakatlarga chaqirgandi. O‘z navbatida, Avstriya Tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar uchun eshik ochiq qolishi kerakligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing