Rossiya Ukraina bilan mahbuslar almashishga tayyorligini bildirdi
Olam
−
09:10
907Rossiya Ukraina bilan 630 nafar harbiy asirni almashishga va keyingi almashuvlarni boshlashga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova xabar berdi.
“Hozirgi ro‘yxatga 630 nafar ukrainalik harbiy asir kiritilgan bo‘lib, Rossiya ularni paritet shartlarda darhol Kiyevga topshirishga tayyor. Moskva rossiyalik harbiylardan qaysi birini almashishni Ukraina ixtiyoriga havola qiladi”, deydi u.
Vazirlik vakili yana bir bor Ukraina tomonining pozitsiyasini tanqid qilib, Kiyev o‘z vataniga qaytgan xodimlarni, Yelenovkadagi tergov izolyatoriga hujum vaqtida yoki Il-76 halokatida halok bo‘lganlarni topshirishni so‘rayotganini ma’lum qildi.
Zaxarova noyabr oyi boshida Kiyevga 935 nafar ukrainalik harbiy asirni topshirish taklifini e’lon qilgan edi.
Tomonlar o‘rtasida harbiy asirlarning so‘nggi almashinuvi 18 oktyabr kuni “95 ga 95” formatida bo‘lib o‘tdi. BAA vositachi sifatida ishtirok etdi.
“2022 yildan 2024 yilning hozirgi muddatiga qadar 45 ta asirlar almashinuvi amalga oshirildi, har ikki tomondan 3 mingga yaqin harbiy xizmatchi o‘z vatanlariga qaytdi”, deydi Zaxarova qo‘shimcha qilib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukraina bo‘ylab dron hujumlari uyushtirgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noturarjoy infratuzilmasi ob’ektiga shikast yetgan, bir jabrlanuvchi topilib, poytaxtdagi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.
Shu bilan birga, Ukraina harbiy-havo kuchlari tun bo‘yi dron hujumlari xavfi haqida, xususan, Kiyev, Poltava va Cherkas viloyatlari hamda mamlakat shimoli-sharqida ogohlantirgan.
LiveBarchasi