Rossiya Ukraina hududlariga raketadan zarba berdi

Olam

image

Bugun, 31 oktyabr kuni ertalab rus harbiylari Ukraina shaharlariga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Nikolayev viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Vitaliy Kim mintaqa ustidan shimol va shimoli-g‘arb tomon raketalar uchib o‘tgani haqida xabar bergan. Yarim soatdan so‘ng, taxminan soat 8:30da u yana bir guruh raketa uchib o‘tganini ma’lum qilgan.

Krivoy Rog tuman harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Vilkul ham ushbu yo‘nalishda raketalar guruhi uchib o‘tgani haqida xabar bergan. U, shuningdek, ertalab soat 9:30 atrofida keyingi raketa zarbalari haqida ogohlantirgan.

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashenko taxminan 40 ta raketa uchirilganini ta’kidlamoqda.

Raketa hujumlari, Kiyev va Xarkov shaharlari, Kiyev, Vinnitsa, Cherkas, Zaporoje, Kirovograd, Lvov, Chernovits, Xmelnits, Poltava va Dnepropetrovsk viloyatlariga uyushtirilgan.

Xarkovda muhim infrastrukturaga zarba berilgan. Viloyatning Chuguyev tumaniga ham havodan hujum qilingan. Xarkovda elektr ta’minotida muammolar boshlangan, tramvay va trolleybus harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Vinnitsada dushman raketa urib tushirilgan. Qurbon va jabrlanganlar yo‘q. Raketa parchalari fuqarolik ob’ektlari zarar yetkazgan.

Ukrainaning ko‘plab viloyatlarida raketa hujumlaridan keyin elektr ta’minotida favqulodda o‘chirishlar boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

383

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing