Rossiya uchun urushgan xitoyliklar asirga tushdi. Pekin bunga nima deydi?
Olam
−
09 aprel 7052 1 daqiqa
Xitoy o‘z harbiylarini Rossiya tomonida jang qilish uchun Ukrainaga yubormagan va rasmiy Pekin o‘z fuqarolaridan jangovar harakatlarga yollanmaslikni talab qiladi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Li Syan jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
Ma’lum qilinishicha, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rasmiylaridan Qurolli kuchlar tizimi Rossiya armiyasi tomonida jang qilgan ikki nafar Xitoy fuqarosini asirga olgani haqida xabar kelib tushgan va bunga Xitoyning izohi so‘ralgan.
Li Syanga ko‘ra, Xitoy hukumati Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 8 aprel kuni Donetsk viloyatida Xitoy fuqarolari qo‘lga olingani haqida e’lon qilgan ma’lumotlarni tekshirmoqda.
“Xitoy hukumati har doim o‘z fuqarolaridan qurolli mojaro hududidan har qanday shaklda ishtirok etishdan qochishni, xususan, tomonlarning harbiy operatsiyalarida qatnashmaslikni talab qilgan”, deya qo‘shimcha qilgan Xitoy vakili.
Kreml esa xitoylik asirlar haqidagi ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortgan.
“Men bu ma’lumotga hech qanday izoh bera olmayman”, degan Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr