Rossiya turli jinoyatlarda ayblangan 4 kishini O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi

Olam

image

Rossiya giyohvand moddalarni noqonuniy ravishda aylantirganlik va o‘g‘rilik uchun qidiruvda bo‘lgan to‘rt kishini, shu jumladan bitta retsidivistni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasining rasmiy vakili Andrey Ivanovga asoslanib xabar berilgan.

"Bosh prokuratura to‘rt nafar fuqaroni jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. Ular Rossiyada turli vaqtlarda hibsga olingan. Ular maxsus konvoy hamrohligida O‘zbekistonga olib ketilgan", degan u. 

Ulardan biri Ahmadali Muydinov ismli xavfli retsidivist. U 2017 yilning oktyabr-noyabr oylarida O‘zbekistonning Andijon viloyatida boshqa birovning kvartirasini sotish huquqi bilan ishonchnoma tuzib, uni notarial idoraga taqdim etgan, oldi-sotdi shartnomasini tuzgan va 15 900 AQSH dollarini o‘g‘irlagan. 

Ulardan yana biri Azamat Shodiyev esa mulk o‘zlashtirishda ayblangan. 

Nortoji Yo‘ldoshov 30 dan ortiq odamni aldab, ularning pullarini o‘g‘irlagan.  

Rossiyadan ekstraditsiya qilingan to‘rtinchi shaxs Yevgeniy Monin bo‘lib, u giyohvand moddalar kontrabandasiga sheriklikda aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing