Rossiya Turkiya va yana 8 davlat bilan aviaqatnovlarni tiklaydi

Olam

image

Rossiya joriy yilning 22 iyunidan boshlab Turkiya bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. 28 iyundan esa yana 8 davlat bilan parvozlar qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda RF Bosh vazirining o‘rinbosari Tatyana Golikova ma’lum qildi.

Golikova Rossiya tekshiruv guruhi xulosalariga tayangan. Bu hafta Rospotrebnadzor, Federal turizm agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lgan. “Tourdom” portalining xabar berishicha, mutaxassislar koronavirus uchun testlarni o‘tkazadigan laboratoriyalarni, tez yordam xizmatlari tekshirishni va Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, Rossiya 28 iyundan AQSH, Belgiya, Bolgariya, Iordaniya, Irlandiya, Italiya, Kipr, Shimoliy Makedoniya bilan ham aviatashuvlarni yo‘lga qo‘yadi.

Bu yo‘nalishda parozlar hozircha ma’lum miqdorda va yo‘nalishlarda tiklanadi. Bundan tashqari, Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston va Gretsiyaga (Saloniki, Iraklion, Rodos, Korfu va boshqa orollarni ham), shuningdek Qatar, Finlyandiya, Xorvatiya va Shveysariyaga parvozlarning chastotasi ko‘paytiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya

Baholaganlar

151

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing