Rossiya, Turkiya va Qatar yangi don shartnomasini tayyorlayapti – “Bild”

Olam

image

Rossiya, Turkiya va Qatar don bitimi o‘rniga, yangi kelishuv tayyorlamoqda. Bu haqda 21 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lgan davrda Rossiya va Turkiya elchixonalari hamda TIV o‘rtasidagi rasmiy yozishmalarga tayanib “Bild” nashri yozdi.

Taxminlarga ko‘ra, Rossiya g‘allasi qashshoq mamlakatlarga, asosan Afrikaga yetkazib beriladi. Ta’minot tashkilotchisi Turkiya, homiysi esa Qatar bo‘ladi. Shuningdek, maktublardan ma’lum bo‘lishicha, Moskva Anqarani don shartnomasidan chiqish haqida oldindan ogohlantirgan.

Manbaga ko‘ra, yangi shartnoma kelasi hafta oxirida Budapeshtda imzolanishi mumkin. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov allaqachon Vengriya poytaxtiga uchib ketgan. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham u yerga borishi rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Moskvadan Ukraina g‘allasini olib chiqish bo‘yicha kelishuvni yangilashni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyul kuni Rossiya tomoni Qora dengizdagi gumanitar yo‘laklar orqali Ukraina g‘allasini xavfsiz eksport qilish bo‘yicha kelishuvni uzaytirmagan va buni Istanbul kelishuvining ikkinchi qismi bajarilmagani bilan izohlagandi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga don yo‘lagi kelishuvini yoki unga o‘xshash loyihani uch tomonlama shaklda davom ettirish taklifi bilan rasmiy maktub yubordi. 2 avgust kuni Rossiya va Turkiya Prezidentlari telefon orqali muloqot o‘tkazgan va ehtimoliy uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Qatar don shartnomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing